Islom sivilizatsiyasi markazida Ko‘ksaroy maketi yaratiladi

16:20 24 Mart 2025 Jamiyat
211 0

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tarkibida tarixiy obidalarni tiklash va ularning ilmiy-nazariy tadqiqotlarini rivojlantirish maqsadida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Shunday loyihalardan biri – Samarqanddagi Ko‘ksaroy majmuasining maketini yaratishdir.

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu loyiha orqali tarixiy yodgorlikni zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta jonlantirish va ekspozitsiya tarkibida namoyish etish rejalashtirilgan.

Ko‘ksaroy majmuasi o‘z davrida Samarqandning eng muhim me’moriy inshootlaridan biri bo‘lgan. Manbalar asosida qayta tiklanayotgan ushbu maket 4 qavatdan iborat bo‘lib, unda Arki oliy, zarbxona, turli ma’muriy binolar hamda maxsus qabulxona – Bo‘stonsaroy o‘rin oladi. Shuningdek, Ko‘ktosh mulyaji tayyorlanib, ekspozitsiya tarkibiga kiritiladi. Bu tarixiy yodgorlikning rekonstruksiyasi tadqiqotchilar, sayyohlar va madaniy merosga qiziquvchilar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bu tashabbus nafaqat Samarqand tarixining muhim bir qismi bo‘lgan Ko‘ksaroy majmuasining qayta tiklanishiga xizmat qiladi, balki kelajak avlodlar uchun madaniy va ilmiy merosni saqlab qolish hamda ommalashtirishga yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер