“Islom davlati” terror tashkiloti aʼzosi Oʻzbekistonga olib kelindi

18:27 30 Oktyabr 2021 Jamiyat
1840 0

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqadorlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan fuqaroni Oʻzbekistonga olib keldi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2014-yilning fevral oyida fuqaro Rossiyaga mavsumiy ishlash uchun joʻnab ketgan va internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan aloqa oʻrnatgan. Ularning taʼsiri ostida uyiga qaytib, ikki farzandini ota-onasiga qoldirib, rafiqasi bilan birga 2015-yilning mart oyida Suriyaga ketgan va u yerda “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilgan.

2015-2021-yillarda Suriya va Iroqdagi terrorchilik tashkilotlari safida jangovar harakatlarda qatnashgan.

Shuningdek, qidiruvdagi shaxs joriy yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlaridan birida oʻtkazilishi kerak boʻlgan qoʻporuvchilik operatsiyasida ishtirok etishi kerak edi.

Hozirda fuqaroga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?