Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimizning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari topshirildi

10:50 23 Avgust 2022 Sport
735 0

Sportni rivojlantirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq, Konya-2021 V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarning murabbiylarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Maʼlumki, bu borada davlatimiz rahbari tomonidan “Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori imzolangan edi.

Taqdirlash marosimida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ishtirok etdi va sportchilarimizning qoʻlga kiritgan yutuqlari zamirida murabbiylarning xizmatlari beqiyos boʻlganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, Turkiyada oʻtkazilgan V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер