Ishtixonda respublika mutasaddilari 2 mingdan ortiq murojaatlarni oʻrganib chiqdi

Xalq roziligini, xalq ishonchini faqat va faqat amaliy ishlar bilangina qozonish mumkin. Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Ishtixon tumanidagi ommaviy qabuli ham sud-huquq, iqtisodiy-ijtimoiy sohalar masʼullarini ayni shu ezgu maqsad yoʻlidagi yagona platformada birlashtirdi.
Nohaqdan haqni ajratish, yiqilganni suyash, adashganga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish, qonun ustuvorligini taʼminlash, adolat va haqiqatni qaror toptirish, har bir narsani oʻz nomi bilan atash... – Prezident Xalq qabulxonasi tashkil qilayotgan ochiq-jonli muloqotlarning eng muhim keyslari. Taqdirlar turfa, masalalar har xil, ammo haqiqat bitta: muammosi hal boʻlgan insonning chindan ham yelkasidan togʻ agʻdarilgandek boʻladi.
Ommaviy qabulda adolat istab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va sudyalarga murojaat qilayotgan fuqarolar ham koʻpchilikni tashkil etdi.
Qashqadaryolik Ravshan Jovliyevning Oliy sud masʼullariga murojaatidan soʻng ichki ishlar idoralarida ishlab, 2021-yilda nohaq qamalgan oʻgʻli Maqsud Jovliyevni oqlash haqida qaror qabul qilindi.
- Adolat bor ekan, Oliy sud bolamni oqlab berdi, - deydi R.Jovliyev. - Bugun bu haqdagi hujjatlarni oldik. Oliy sud raisiga minnatdorlik bildirish uchun qabulga keldim. Adolatni qaror toptirgan rahbariyatga, sudyalarga ming rahmat!
Samarqandlik yosh tadbirkor Nurillo Abdumajidovning murojaatidan soʻng esa nazorat kassa apparatida notoʻgʻri summaga chek urilgani oqibatida ortiqcha hisoblangan 30 million soʻmdan ziyod soliq qarzdorligi sud tartibida bekor qilindi.
Ichki ishlar vazirligi masʼullari bilan muloqotlar asosida 8 nafar sobiq xodim ichki ishlar organlariga ishga tiklangan boʻlsa, tizimda ishlash istagini bildirgan 24 nafar murojaatchiga navbatdagi tanlovda qatnashishga ruxsat etildi. Deylik, surxondaryolik Mansur Shukurov 12 yil, samarqandlik Bekmirza Bahodirov esa 13 yil deganda yana qadrdon sohasiga ishga qaytyapti.
Bosh prokuratura masʼullari bilan muloqotlardan soʻng ishtixonlik Sayyora Shokirovaning ham bagʻri butun boʻldi. Yetkazilgan zararni maʼlum muddatda qoplash sharti bilan ayolning 24 yashar oʻgʻliga nisbatan qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilindi.
Ommaviy qabul davomida Soliq qoʻmitasi mutasaddilariga ham koʻplab murojaatlar boʻldi. Ularning baʼzilari ijobiy hal etilgan boʻlsa, oʻrganish talab etiladiganlari nazoratga olindi. Shuningdek, ayrim murojaatlar boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimi, boshqarma va idoralar masʼullari ham shu yerda qayd etilgan idoralarga tegishli boʻlmagan murojaatlar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qildi. Ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalarini eshitib, har bir murojaatni qonun doirasida hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Xullas, Ishtixondagi ommaviy qabulda koʻrib chiqilgan jami 2 ming 294 ta masalaning 1 ming 33 tasi joyida hal qilinib, 87 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan boʻlsa, 1 ming 174 ta masala nazoratga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring