Ishtixonda 65 nafar tibbiyot xodimiga vaʼda qilingan ustamalar toʻlab berilmagan

Foto: Abdulaziz Yo'ldoshev / Xalq so'zi
Mamlakatimizda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa masʼul soha xodimlari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar joriy qilinganidan xabaringiz bor.
Samarqand viloyati Ishtixon tumani adliya boʻlimi maʼlumotiga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar doirasida joriy qilingan ushbu tartib ijrosi oʻrganilganida, koronavirusga qarshi kurashish davrida jalb etilgan tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlariga 2021-yil may-iyun oylarida jami 275 805 479 soʻm olti foizlik qoʻshimcha toʻlovlar oylik ish haqiga qoʻshib toʻlab berilmagani aniqlandi.
Oʻz halovatini, salomatligini xatarga qoʻyib, zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan bu xodimlarga tuman adliya boʻlimi taqdimnomasiga asosan vaʼda qilingan ustamalar toʻlanishi taʼminlandi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring