Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrogʻini baland koʻtarishga qodirsiz — Shavkat Mirziyoyev

12:37 30 Iyun 2025 Siyosat
142 0

Prezident yoshlarga barcha sohalarda mamlakat bayrogʻini baland koʻtarishga qodir ekanliklarini aytib, yuksak ishonch bildirdi.

Yaqinda butun yurtimizda barchamiz uzoq kutgan katta futbol bayrami boʻlib oʻtdi. Xalqimizning 34-yillik orzusi ushaldi – milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga shu kabi barcha sohalarda mamlakat bayrogʻini baland koʻtarishga qodir ekanliklarini aytib, yuksak ishonch bildirdi.

“Yaqin-yaqingacha umrini paxta dalasida oʻtkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi.

Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland choʻqqilarni zabt etmoqda.

Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan boʻlsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda.

Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrogʻini baland koʻtarishga qodirsiz. Sizlar Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!” dedi Prezident.

Davlat rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab boʻlib borayotganini, tinchlik – eng buyuk neʼmat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini taʼkidladi.

“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari koʻp boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, oʻzaro jipslik hamisha barqaror boʻladi.

Yoshlarimizga sifatli taʼlim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni oʻrgatish, hayotda munosib oʻrin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер