Ishga joylashtirib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

15:26 25 Iyul 2023 Jamiyat
330 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda viloyat Avtomobil transport boshqarmasi navbatchi xodimi D.E. fuqaro K.H.ning ishonchiga kirib, uni 3 000 AQSH dollari evaziga ushbu boshqarmaga qarashli avtokorxonaga ish joylashtirib qoʻyishini aytib, shundan 1 500 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, qolgan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Zarafshon qurilish montaj boshqarmasi texnik xodimi Sh.X. fuqaro M.A.ni ushbu kombinatga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qoʻngʻirot tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB  xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa tuman Tibbiyot birlashmasi boʻlim xodimi B.D. fuqaro J.K.ni tanishlari yordamida tez tibbiy yordam markazining Qoʻngʻirot tuman boʻlimiga ishiga joylashtirib qoʻyish evaziga 12 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?