Ish vaqtida “gashish” isteʼmol qilgani aytilgan mansabdor ishdan olindi

Foto: Telegram
Kecha, 9-aprel kuni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Andijon shahar boʻlimi boshligʻi ish joyida psixotrop modda isteʼmol qilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi qoʻshimcha maʼlumotlar berildi.
Unga koʻra, Andijon shahri Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi D.U. hamda uning oʻrinbosari S.B. bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Ushbu holat IIB organlari tomonidan nazoratga olingan boʻlib, ayni vaqtda tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri jarayonida fuqarodan, jami 0,69 gr gashish giyohvand moddasi olingan. Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring