Ish haqini natura shaklida toʻlash tartibi belgilandi

18:50 13 Iyul 2023 Hujjatlar
1751 0

Foto: Arxiv surat

“Ish haqini natura shaklida toʻlashni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (286–son, 13.07.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, mehnatga natura shaklida haq toʻlanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:

— xodim yoki uning oilasi isteʼmoli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

 — oʻziga xizmat koʻrsatilishi va uy xoʻjaligini yuritishda koʻmaklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan taʼminlash shaklida hisob-kitob qilish.

Shuningdek, ish haqini natura shaklida toʻlash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida koʻrsatiladi.

Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Xodimning yozma roziligidan qatʼi nazar uning ish haqidan:

— 50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida toʻlanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas;

— 50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlanadi.

Ish haqini natura shaklida toʻlashda quyidagilar taqiqlanadi:

— xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlganda, ish haqini natura shaklida toʻlash;

— qishloq xoʻjaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;

— alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis oʻsimligi hamda qonunchilikda realizatsiya qilish (berish) taqiqlangan oʻsimlik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

— uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер