Ish haftasi davomida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
Foto: Sardorbek Poyonov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun, 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati boʻyicha sovuq front oʻtishi hisobiga kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha isiydi, shimolda 19-24 daraja boʻladi.
28-oktyabr kuni esa sovuq front respublikaning barcha hududlari boʻyicha oʻtadi, baʼzi joylarda kuchsiz yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda esa oʻrtacha yomgʻir yogʻadi. Respublikaning baland togʻli hududlarida yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati pasayadi va 20-23 daraja atrofida boʻladi.
Qayd etilishicha, ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston boʻyicha asosan iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat 29-oktyabrda ayrim togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-oktyabrda shimolda va choʻl hududlarda, 28-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 21-26 daraja atrofida boʻladi, bu oʻrtacha iqlim meʼyoridan 3-5 darajaga yuqoridir.
Toshkent shahrida 27-oktyabr kuni kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25 darajani tashkil etadi.
28-oktyabrda havo oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 21-23 daraja boʻladi.
29-30-oktyabr kunlari havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 11-13 daraja, kunduz kunlari 22-25 daraja boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring