Ish haftasi davomida ob-havo qanday boʻlishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 3-6-sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 5-6-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-sentyabrda 13-18 daraja, 4-6-sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 3-sentyabrda 30-35 daraja, 4-5-sentyabrda 32-37 daraja, 5-sentyabrda 29-34 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3-sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 4-5-sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 6-sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3-sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 4-6-sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-sentyabrda 13-18 daraja, 4-6-sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 3-4-sentyabrda 30-35 daraja, 5-6-sentyabrda 32-37 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-sentyabrda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 4-6-sentyabrda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring