Iqtisodiy sudlar faoliyatiga oʻzgartirishlar kiritiladi

10:49 01 May 2019 Iqtisodiyot
1564 0

Illyustrativ foto

Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga bir qator dolzarb qonunlar kiritilgan. Ular orasida “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun ham bor.

Mazkur hujjat biznes yuritishni yengillashtirish va Oʻzbekistonda uni rivojlantirish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu jarayonda ayniqsa, iqtisodiy sudlar faoliyati va jarayonini soddalashtirish nazarda tutilmoqda.

Sud amaliyoti tahlili shuni koʻrsatadiki, 100 ta holatdan 6 tasida sud muhokamasi qoldirilmoqda. Bunday holatlarning 50 foizi taraflardan birining sud majlisiga kelmasligi va sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻsha taraf tegishli tarzda xabardor qilinganini tasdiqlovchi dalillar boʻlmagani sabab boʻlyapti.

Qonunga koʻra, Iqtisodiy protsessual kodeksining 171-moddasiga koʻzda tutilmagan sabablar va favqulodda holatlar mavjud boʻlganda sud muhokamasini qoldirish mumkinligini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shuningdek, sud muhokamasini 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga qoldirish mumkinligi, qoldirish va tanaffuslar miqdori esa 3 martadan ortiq boʻlmasligi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish usuli sifatida sudgacha majlis oʻtkazish imkonini beruvchi tartib joriy etilishi va bunda sud muhokamasining jadvalini aniqlash, kelishuv bitimi yoki nizolarni hal qilishning muqobil usullarini tuzish ehtimolini aniqlash, ushbu nizoning sudga taalluqliligi masalasini va boshqa protsessual masalalarni aniqlash nazarda tutilmoqda.

Zaynab BERDIYEVAOliy Majlis Senati aʼzosi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?