Iqlimning keskin oʻzgarayotgani butun dunyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan xavf solmoqda — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Iqlimning keskin oʻzgarayotgani, koʻp davlatlarda qurgʻoqchilik boʻlgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda.
Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, logistikadagi muammolar sababli koʻpchilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar qoʻyayotganini ham koʻrib turibsizlar.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari bunday sharoitda oʻz hududida ichki talabni toʻliq taʼminlash va eksportni oshirish boʻyicha imkoniyatlarini hisob-kitob qilishi shart.
Lekin, hali koʻp hokimlar buni tushunib yetmayapti», dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.
Bu yil 80 ming gektar maydon paxta va gʻalladan qisqartirilib, aholiga boʻlib berildi. Bugun imzolangan Prezident qaroriga koʻra yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga boʻlib beriladi. Kelgusi yilda 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida ajratiladi. Buning hisobiga, 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring