Investitsiyalarda mahalliy komponentlarni koʻpaytirish va tashqi bozordan 2 milliard dollar jalb qilishga yangi dasturlar ishlab chiqiladi

Prezident investitsiya loyihalarida mahalliy komponentlarni koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.
Buning hisobiga juda koʻp yangi ish oʻrinlari yaratilishi, valyuta tejalishi va yondosh sohalar rivojlanishi koʻrsatib oʻtildi.
Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka oʻtkazib, oʻzida yangi-yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Hozir amalga oshirilayotgan 75 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalarining 28 milliard dollarini mahalliy mahsulotlar orqali qoplash mumkinligi hisob-kitob qilingan.
Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025-yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha dastur tayyorlash topshirildi.
Ilgʻor korxonalar mustaqil ravishda tashqi bozorlarga chiqib, toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ olib kelishni boshlagan.
Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil qilindi.
Yil yakunigacha kamida 200 ta tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, bu yil OKMK 1 milliard, NKMK 500 million, “Navoiyuran” va “Oʻzmetkombinat” har biri 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi. “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami 700 million dollar olib kelishi muhimligi taʼkidlandi.
2025-yil uchun 2 milliard dollar grant olish boʻyicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring