Investitsiyalar asosi — Oʻzbekistonga boʻlgan ishonch
Mamlakatimizning barcha hududlarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, yana sarmoyalar kirib kelmoqda. Bunga asos - yangi Oʻzbekistonga boʻlgan ishonch.
Namangan viloyatida ham umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 47 loyiha shakllantirilgan. Shundan 2 milliard 300 million dollarlik 17 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.
Ularga Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Eron, Pokiston kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Loyihalar qurilish materiallari, elektr texnikasi, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konchilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.
Masalan, Xitoy bilan hamkorlikda Chust tumanida mis qazib olish va qayta ishlash, pokistonlik investor tomonidan Toʻraqoʻrgʻon tumanida sintetik mato ishlab chiqarish va boʻyash, Avstriya kompaniyasi bilan viloyat travmatologiya markazini jihozlash rejalashtirilgan.
Mazkur 47 ta loyiha natijasida 40 mingdan ortiq aholi ish bilan taʼminlanadi.
Davlatimiz rahbari investor va tashabbuskorlar bilan birma-bir suhbatlashdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi muhokama qilinib, ularni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring