Investitsiya kodeksini qabul qilish vaqti keldi — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda qayerda qonun ustuvor boʻlsa, oʻsha yerda biznes rivojlanishi, investitsiya muhiti jozibador boʻlishini taʼkidladi.
Mamlakatimizda ishbilarmonlar sinfi shakllanib ulgurdi. Ular shunchaki tadbirkor emas, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlarni rivojiga katta hissa qoʻshayotgan faol investorlarga aylanmoqda.
Shuningdek, anʼanaviy sarmoyalar bilan birga venchur, bond, kraudfanding, startap kabi zamonaviy investitsiya vositalari ham jadal rivojlanmoqda.
“Toʻgʻri, bizda investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish va ularga sharoitlar yaratish boʻyicha yuzlab hujjatlar bor. Bularni hammasini toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan yagona qonunga birlashtirib, Investitsiya kodeksini qabul qilish vaqti keldi.
Bu hujjat investitsiya sohasidagi barcha qoida, kafolat va tartib-taomillarni bir tizimga solib, investitsiyalarni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi biznes muhitni yaxshilash boʻyicha qarorlar tayyorlashda faollik koʻrsatib kelyapti.
Parlamentimiz yangi kodeksni ishlab chiqishda Jamoatchilik kengashi bilan yaqin hamkorlik qilsa, oʻylaymanki, bu ham katta samara beradi”, dedi Prezident.
Endilikda tadbirkorlar iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin boʻladi.
“Barcha islohotlarimiz negizida, eng avvalo, inson qadri, tadbirkorlarimizning manfaatlari yotibdi.
Shu bois sud mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qatʼiy siyosat olib boramiz. Bugungi tadbirkor, bu – kechagi tadbirkor emas. Ularning huquqiy savodxonligi oshganini sudlarga murojaat koʻpayganida ham koʻrish mumkin”, dedi davlat rahbari.
Sudlarning moddiy zararni undirish boʻyicha qarorlari ijrosi kechikayotgan holatlar borligiga eʼtibor qaratildi.
Aslida, undirilishi kerak boʻlgan qarzdorlikning har bir kechikkan kuni tadbirkorning zarariga ishlamoqda.
Shuning uchun xalqaro tajriba asosida “astrent” tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplash kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdor hisobidan penya undirish sud qarorida aniq belgilab qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring