Insonga depressiyadan qutilishga yordam beradigan bosh kiyim yaratildi

04:47 04 Avgust 2024 Ilm-fan
663 0

Past chastotali magnit maydon hosil qiluvchi boshga oʻrnatilgan yangi qurilma depressiya alomatlarini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Bu haqda “Asian Journal of Psychiatry”da maqola chop etildi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu qurilma depressiya uchun noinvaziv va qulay davolash usulini taklif qilishi mumkin. Qurilma jiddiy depressiv kasallikka chalingan toʻrtta erkak bemorda sinovdan oʻtkazildi. Ushbu bemorlar sakkiz hafta davomida kuniga ikki soat usti ochiq bosh kiyimga oʻxshash qurilma kiygan. Hammada depressiya belgilarining kamaygani tadqiqotda maʼlum boʻlgan.

Qurilmada ishlatiladigan magnit maydon juda past chastotali magnit muhit (ELF-ELME) sifatida tanilgan. Bu maydon hujayralardagi energiya ishlab chiqaruvchi mitoxondriyalarni ragʻbatlantirishi va letargiya kabi alomatlarni kamaytirishga yordam berishi mumkin. Magnit maydonlar va biologik tizimlar oʻrtasidagi aniq oʻzaro taʼsir hali ham toʻliq tushunilmagan.

Tadqiqotni Yaponiyaning Nagoya universiteti professori Toshiya Inada va Masako Tachibana olib borishdi. Namuna hajmining kichikligi va nazorat guruhining yoʻqligiga qaramay, natijalar umid baxsh etadi.

Professor Inadaning fikricha, bu qurilma depressiyani davolashda inqilob qilishi mumkin. Maqsad bemorlarga qurilmani magnit maydondan bexabar holda uyda ishlatishlari, depressiyani boshqarishda bemorga yoʻnaltirilgan yondashuvni taklif qilishdir.

Avvalroq, mashhur shokoladlar tarkibida zaharli metallar topilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер