Inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.R.ning “Monza” rusumli avtomashinasi salonidan tarkibida “Tropikamid” moddasi mavjud boʻlgan 64 dona yelim idishda suyuqlik va “Pregabalin” moddasi mavjud boʻlgan 19 dona oq-qizil rangli kapsula dori vositalari topilgan hamda tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlandi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolar F.K. va M.A. noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelib, fuqaro T.B.ga 25 dona “Zardeks” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Ularning yonidan 5 dona oq qizil rangli kapsula, 1 dona oq rangli idishda suyuqlik, 40 dona “Zardeks” dori vositalari topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Bundan tashqari, fuqaro F.K.ning xonadonidan yana 80 dona “Zardeks” 175 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topilib, tezkor tadbir xodimlari tomonidan protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Departamentning Xoʻjayli tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.” MCHJ sotuvchisi K.Sh. fuqaro K.K.ga inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 320 ta kapsuladagi dori vositalarini 2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring