Inson resurslarini oqilona boshqarish – Yangi Oʻzbekistonni qurishdagi asosiy qadam

20:41 01 Dekabr 2021 Jamiyat
1249 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan davlat organlari va tashkilotlaridagi kadr boʻlinmalari rahbarlari uchun 2021-yilning 30-noyabr kuni “Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishning zamonaviy usullari” mavzusida seminar-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Davlat boshqaruvi akademiyasida boʻlib oʻtgan seminar-treningda agentlik rahbariyati, masʼul vakillari, vazirlik, idoralarning kadrlar boʻlinmalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Seminar davomida xodimlarni tanlash, ularning ishlash sifatini baholash, nazorat qilish bilan birga xodimlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga moddiy-maʼnaviy koʻmak berish, jumladan, xorijiy Top-500 talik roʻyxatga kiruvchi universitetlarda tahsil olib qaytgan talabalarning maoshi, lavozimini koʻtarish masalalari, ularni davlat xizmatiga koʻproq qamrab olish, davlat xizmatida ishlaydigan 90 mingdan ortiq xodimning har yili malaka oshirishini taʼminlash, xodimlarni ishga olish va ishdan boʻshatish masalalarini elektron tartibga oʻtkazish, onlayn ishlash imkoniyatiga ega lavozimlardagi ishchilarga masofaviy ishlashga ruxsat berish va boshqa koʻplab masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yaqin orada bir-birini takrorlovchi hamda oʻz vakolatlariga doir boʻlmagan ortiqcha funksiyalar bilan shugʻullanish amaliyotidan voz kechish maqsadida mamlakatimizda davlat boshqaruvini konseptual yangilash, jumladan, vazirliklarni optimizatsiya qilish, ularni qisqartirish, barcha hujjatlashtirish ishlarining elektron shaklga oʻtkazilishini maʼlum qilindi.

Trening soʻngida kadrlar boʻlimi boshliqlari bilan har bir soha boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan soʻrovnomalar oʻtkazildi, murojaatlar tinglanib, yechimlar koʻrsatildi.

Madina G'uzorova, "Xalq so'zi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?