“Inson qadri ulugʻ” tamoyili asosida bepul tibbiy koʻrik oʻtkazilmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon shahrida aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish borasida keng qamrovli saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Ayni jarayonda erishilgan yutuqlar samarasi sifatida endilikda Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan shaxslar, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar Milliy tibbiyot markazi tomonidan taqdim etilgan mobil angiografiya xizmati shoxobchasi xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega boʻldi.
— Ezgu maqsad yoʻlida hududlarda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va samarali davolash ishlarini kengaytirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish koʻzda tutilgan, — deydi Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari Komiljon Sirojiddinov. — Bu borada oʻtgan davrda shaharda “Inson qadri ulugʻ” tamoyili asosida 150 nafar hamyurtlarimiz bepul agiografik tekshiruvdan oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring