Inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshmoqda
Har bir davlat oʻz fuqarolari bilan munosabatga kirishar ekan, alohida huquq va majburiyatlarga ega boʻladi. Yaʼni, davlat ham, fuqaro ham oʻziga xos huquqlarga va majburiyatlarga ega.
Masalan, davlat fuqarolar uchun xavfsizlik, farovonlik, tinchlik va yaxshi hayot kechirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish kabi majburiyatlarga ega boʻlsa, fuqarolar qonunlarga boʻysunish, burch va majburiyatlarni bajarish kabi masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi. Yangi konstitutsiyada ushbu prinsiplar alohida belgilanyapti.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda bu haqda maʼlum qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulrux Agzamova Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida soʻz yuritar ekan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 20-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hamda davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro huquq va majburiyatlar bilan bogʻliqdir, deb belgilab qoʻyilayotganini qayd etdi.
Mazkur moddaning ikkinchi qismida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas, deb taʼkidlangan.
— Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida Oʻzbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda. Xususan, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadi, deya eʼlon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshmoqda, — deydi deputat G.Agzamova. — Jumladan, inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, davlat organlari faoliyatining mazmuniga aylanishi qatʼiy talab qilinmoqda, bu hol mansabdor shaxslarning faqat fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab faoliyat koʻrsatishiga qaratilgan.
Tadbirda soʻz olgan professor oʻqituvchilar Konstitutsiyamizga har qanday vaziyatda dastlab xalqni aybdor deb hisoblashga oid eskicha qarashlarni parchalaydigan yangi norma kiritilayotgani, yaʼni endilikda davlat bilan yuzaga kelgan qonunchilikdagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal qilinishini taʼkidladilar.
Ushbu normaning kiritilishi — soʻnggi yillarda ilgari surilgan inson qadrini eʼzozlash prinsiplariga toʻla mos keladi, Qonunchilikda yechimi topilmagan har qanday masala fuqaro foydasiga hal etilishi tarixiy qadamdir.
Ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring