Inson huquqlari boʻyicha Ombudsman AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

11:29 07 Aprel 2022 Jamiyat
924 0

2022-yil 6-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi Nadin Maenza boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Oʻzaro muloqot davomida dastlab mehmonlarga Ombudsman institutining faoliyat yoʻnalishlari hamda soʻnggi yillarda inson huquqlarini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish Milliy preventiv mexanizmi doirasida jamoatchilik guruhlari bilan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, ularda fuqarolik jamiyati institutlari va OAVlarining ishtiroki haqida toʻxtalindi. Qiynoqlarni oldini olish boʻyicha faoliyatida qilinayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi.

AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi N.Maenza samimiy muloqot uchun minnatdorchilik bildirar ekan Oʻzbekistondagi ijobiy oʻzgarishlarni eʼtirof etdi va oʻzaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Maʼlumot uchun: AQSHning Xalqaro diniy erkinliklar boʻyicha komissiyasi (USCIRF) jahon mamlakatlarida eʼtiqod huquqiga rioya etilishini monitoring qilib boradi. Komissiya diniy erkinlik boʻyicha dunyodagi vaziyatga oid yillik hisobotlar eʼlon qiladi. 

Ushbu hisobotlar tavsiyaviy xarakterga ega boʻlsa-da, ular AQSH hukumati va parlamenti aʼzolari tomonidan muayyan mamlakat bilan hamkorlikka oid qarorlar qabul qilishda inobatga olinadi hamda muayyan davlatlardagi vaziyat haqida xalqaro jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim oʻringa ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?