Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Soʻnggi yillarda sud-huquq tizimida adolat oʻrnatish boʻyicha koʻp ish qilingani, shu bilan birga, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bogʻliq holatlar uchrayotgani taʼkidlandi.
“Nima uchun, haligacha davlat hisobidan bepul taʼminlanadigan advokatlarni «elektron tanlash” tizimi ishga tushmadi? Kim bunga qarshi?», - deya savol qoʻydi Prezident va tez kunlarda ushbu tizimning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlashni topshirdi.
Qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga oʻrgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratiladi.
Eng avvalo, odamlarning joylarda sudma-sud sarson boʻlib yurishlariga barham beriladi.
Yangi tizim doirasida:
— tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokurordan sudga oʻtkaziladi;
— tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qoʻya olmaydi. Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali boʻladi;
— sudda ishlarni koʻrishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus oʻqitiladi, ishni sudda koʻrishda xolis, mustaqil boʻlishi qonun bilan belgilanadi;
— odil sudlovni taʼminlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta koʻrib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi;
— sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi.
— ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi boʻyicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab oʻrganiladigan tizim joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring