Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya Fanlar akademiyasi qoʻshma doktorantura dasturini yoʻlga qoʻyadi
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiya Fanlar Akademiyasi Prezidenti prof. Muzaffer Sheker bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida, xususan, fizika-matematika, biologiya va kimyo sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar quyidagi masalalar boʻyicha kelishuvga erishdilar:
— ikki tomondan “3+3” (uch kishi turk tomonidan, uch kishi oʻzbek tomonidan) formatda moliyalashtiradigan Turkiyadagi ilmiy va taʼlim muassasalarida doktorantura dasturini yoʻlga qoʻyish;
— kelgusi yildan doktorantlar sonini “5+5” formatiga va bosqichma-bosqich yanada kengaytirishga erishish;
— Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida Turkiya Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
— 2022-yildan boshlab 20 nafar olimlarning Turkiyadagi qisqa muddatli ilmiy malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring