Infarktdan keyin yurak qayta tiklanadimi: Massachusets olimlari katta kashfiyot qilishdi
“Massachusetts General Hospital” (MGH) tadqiqotchilari infarktdan keyin yurak regeneratsiyasida katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Nature Communications” jurnalidagi maqolada maʼlum qilingan.
Olimlar yurak yetishmovchiligining asosiy sababi boʻlgan yurakdagi doimiy chandiqlarni potensial ravishda qaytarish yoʻlini topdi. Ular zebrafish (baliq turi – tahrir) va sichqonlardagi chandiq toʻqimalarining shakllanishini taqqoslash orqali shunday xulosa kelgan.
Doktor Eman Akam-Bakster boshchiligidagi tadqiqot guruhi zebrafish baliqlari va sutemizuvchilarda chandiq toʻqimalarining shakllanishida sezilarli farqlarni aniqladi.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, zebrafish sutemizuvchilardan farqli oʻlaroq, chandiq toʻqimasini butunlay olib tashlashi va yangi hujayralarni oʻstirishi mumkin. Asosiy farq bu hayvonlarda chandiq toʻqimalarining shakllanishida. Sichqonlarda chandiq toʻqimasi juda barqaror va parchalanishi qiyin.
Tadqiqotchilar zebrafish baliqlari va sichqonlarning yuraklarida chandiq toʻqimalari qanday paydo boʻlishini koʻrish uchun maxsus asbob ishlab chiqdi. Ular “lysyl hydroxylase 2” deb ataladigan ferment sichqonlardagi chandiq toʻqimasini juda barqaror qilishini aniqladi. Ushbu fermentni blokirovka qilish orqali yurak xurujidan keyin doimiy chandiqlar paydo boʻlishining oldini olish mumkin.
“Bu kashfiyot yurak xastaliklarini davolashning yangi usullari kashf qilinishiga sabab boʻlishi mumkin. Jamoa hozirda ushbu fermentni blokirovka qilish boshqa organlardagi chandiqlarni ham bartaraf etishi mumkinligini tekshirmoqda”, deydi Eman Akam-Bakster.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring