Indoneziyada 50 yoshli ayolni piton yutub yubordi

19:56 09 Iyun 2024 Dunyo
992 0

Foto: Videodan kadr

Indoneziyaning Kalempang qishlogʻida bedarak yoʻqolgan ayolning jasadi piton qornidan topildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, 50 yoshli Farida ismli savdogar ayol oʻrmon orqali bozorga borayotib, gʻoyib boʻlgan. Shundan soʻng mahalliy aholi uni qidira boshlagan.

Ertasi kuni chakalakzordan qorni juda shishib ketgan ulkan piton topgan. Odamlar eng yomon tahminlar bilan sudraluvchining qornini yorib koʻrishgan va yakunda shubhalar oʻz tasdigʻini topgan.

Aytilishicha, piton avvaliga ayolning oyogʻidan tishlagan, soʻng tanasiga oʻralib, boʻgʻib oʻldirgan. Keyin esa bosh tomonidan boshlab sekin-asta yutib yuborgan.

Maʼlumot uchun, retikulyar piton (Malayopython reticulatus) dunyodagi eng katta ilon boʻlib, uning uzunligi odatda 6,25 metrdan oshadi.

Retikulyar pitonlar Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Xususan, Indoneziya oʻrmonlarida shahar sivilizatsiyasidan bezovtalanmagan pitonlar koʻp uchraydi. Ular zaharli emas, balki kuchli muskullari orqali oʻljasini boʻgʻib oʻldiradigan ilonlar sanaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?