Imtiyozli narxdagi koʻmirni sotayotgan “uddaburon” masʼullar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Koʻmir taʼminot” MCHJning Paxtaobod koʻmir ombori ekspeditor-kassiri muqaddam sudlangan fuqaro Sh.T. kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berish uchun ajratilgan koʻmirni ombordan olib chiqib, tumanda faoliyat yurituvchi tadbirkorga 35,1 tonna koʻmirni 35,1 million soʻmga sotishga kelishadi.
Qonunbuzar fuqaro ushbu pullar hisobidan 2 ming 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. Mutaxassislarni jalb qilgan holda omborda oʻtkazilgan xatlovda 196,1 tonna koʻmir kamomadi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham fosh qilingan.
Unga koʻra, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qoʻrgʻontepa koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berish uchun ajratilgan 153,6 tonna koʻmirni koʻmir savdosi bilan shugʻullanib kelgan 7 nafar fuqaro va tadbirkorga har bir kg.ni 1 ming 200 soʻmdan hisoblab sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Omborda oʻtkazilgan xatlovda 183,9 tonna koʻmir kamomadi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring