Imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan korxona rahbarlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.P.” MCHJ rahbari A.X attraksion jihozlarini olish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga 228,8 ming AQSH dollarlik jihozlarini sotib olmasdan, kredit mablagʻini “R.I.” xorij kompaniyasi orqali naqdlashtirib olib oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.J.” MCHJ rahbari S.B. issiqxona qurish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan 416 mln soʻmlik metall buyumlarini naqd pulga sotib, kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring