Imom Buxoriyning islom olamida mashhur boʻlgan “Birrul volidayn” asari ilk marta oʻzbek tiliga tarjima qilindi

05:19 05 Aprel 2024 Madaniyat
781 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov maʼlum qildi.

Kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat koʻrsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.

Hadislarning xalqchil va tushunarli boʻlishi uchun izoh va sharhlar yozildi. Asarni sharhlashda 50 dan ortiq ishonchli tarixiy manbadan foydalanildi.

Kitob va xalqchil risola Din ishlari qoʻmitasida belgilangan tartibda davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazilgan.

Mazkur yangi kitobni Birlashgan Arab Amirliklari , Turkiya, Misr, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlardagi nufuzli kutubxona va fondlariga taqdim etish hamda mamlakatimiz va xorijning ilmiy-diniy jamoatchiligi orasida targʻib qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер