Ilon Mask Trampdan intervyu oldi

18:39 13 Avgust 2024 Dunyo
505 0

Ilon Maskning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan X platformasidagi muhokamasi texnik muammolar bilan boshlandi. Mask Trampga, asosan, migratsiya va inflyatsiya kabi mavzularda savollar bergan. Ushbu suhbat 40 daqiqadan koʻproqqa choʻzildi. Milliarder nosozliklarni kiber-hujum bilan bogʻladi, biroq ekspertlardan biri BBCga bunday boʻlishi mumkin emasligini aytgan.

Trampni qoʻllashini yana bir bor takrorlagan Ilon Mask siyosatdagi nufuzli shaxsga aylanib bormoqda. U yaqinda Trampning saylovoldi kampaniyasini qoʻllab-quvvatlovchi yangi siyosiy qoʻmita tarkibiga kirdi.

Tramp agar noyabr oyidagi saylovda gʻalaba qozonsa, federal taʼlim departamentini yopish va bu masʼuliyatni shtatlarga oʻtkazish haqida gapirdi.

Oxirgi yillarda bu ikki shaxs munosabati kelishmovchilikdan doʻstona munosabatga koʻcha boshladi. Elektr transport vositalariga shubha bilan qaragan hamda federal subsidiyalarni bekor qilishga vaʼda bergan Tramp Maskning avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasini alqadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер