Ilon Mask saylovdan keyin AQSHning kelajagini bashorat qildi
Foto: AP
Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp gʻalaba qozonsa, Amerika Qoʻshma Shtatlari kelajagi qanday boʻlishini bashorat qildi.
Uning aytishicha, agar Tramp 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovda gʻalaba qozonsa, AQSH oʻzining eng yorqin vaqtlarini oʻtkazadi.
“Trampning ikkinchi muddati AQSH uchun eng qiziqarli vaqt boʻladi... Bu ajoyib boʻladi”, — deya bashorat qilmoqda tadbirkor.
Shu yilning 6-oktyabr kuni Mask Pensilvaniya shtatining Butler shahrida boʻlib oʻtgan saylovoldi mitingida Trampni qoʻllab-quvvatlagandi.
“Prezident Tramp gʻalaba qozonishi kerak”, dedi milliarder va shu oʻrinda u demokratlar soʻz erkinligini cheklamoqchi ekanini taʼkidladi.
Bungacha tadbirkor AQSHning sobiq rahbari va saylovlarda respublikachi nomzodni demokratiyani qutqara oladigan yagona shaxs, deb atagan edi.
AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Trampning raqibi AQSH Demokratik partiyasidan nomzod va vitse-prezident Kamala Harris hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring