Ilon Mask “Optimus” robotlaridan iborat “robotlar armiyasi”ni yaratmoqchi
Amerikalik milliarder Ilon Mask yaqin yillarda har yili 1 million dona “Optimus” modeli ishlab chiqarish orqali insonsimon robotlardan iborat “robotlar armiyasi”ni yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Tesla rahbariyati ishtirokidagi konferensiyada maʼlum qildi, deb yozadi TASS.
— Biz yiliga bir million dona “Optimus” ishlab chiqarish uchun maxsus ishlab chiqarish liniyasini quramiz. Ishlab chiqarish kelgusi yil oxirigacha yoʻlga qoʻyiladi, degan umiddaman, — dedi Mask.
Uning soʻzlariga koʻra, “Optimus”ning uchinchi avloddagi yangi versiyasi 2026-yilning birinchi choragida tayyor boʻladi. Biroq ishlab chiqarishni yiliga 1 million dona darajasiga yetkazish uchun vaqt kerak boʻladi.
Milliarderning aytishicha, asosiy muammo — kompaniyada toʻliq ishlab chiqarish zanjirining hali mavjud emasligida. Shu sababli Tesla aksariyat detallarni mustaqil ishlab chiqara boshlashi kerak boʻladi.
Mask, shuningdek, oʻzining “robotlar armiyasi” loyihasi boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida taʼsir oʻtkazish imkonini beradigan miqdorda kompaniya aksiyalariga egalik qilishni istashini bildirdi.
— Agar biz bu robotlar armiyasini yaratsak, men hech boʻlmaganda unga maʼlum darajada taʼsir oʻtkaza olamanmi? Nazorat emas, lekin sezilarli taʼsir, — dedi u.
Ilon Maskning qoʻshimcha qilishicha, kelajakda “Optimus 4” va “Optimus 5” versiyalari ham ishlab chiqiladi. “Optimus 4” modellari soni 10 million dona, “Optimus 5” robotlari esa 50–100 million dona atrofida boʻladi.
Tadbirkorning fikricha, “Optimus” robotlari va uchuvchisiz avtomobillar yordamida insoniyat kambagʻallikdan xoli boʻlgan, har bir inson yuqori darajadagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga ega boʻlgan dunyoni yaratishi mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring