Ilk sheʼrlarimni botinkamning ichiga yashirib yurganman — Xurshid Davron
Foto: “Xalq soʻzi”
Shu yilning 4-may kuni Toshkent shahridagi 229-maktabda Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot avvalida Xurshid Davron hayotiy tajribalari bilan boʻlishib, tarixiy jarayonlar, bugungi adabiy muhit haqida soʻzlab berdi. Shundan soʻng uning sheʼrlari oʻquvchilar tomonidan aytildi. Adibga savollar bilan murojaat qilindi.
— Bolaligimda sheʼr yozishimni hammadan yashirganman, — deydi Oʻzbekiston xalq shoiri. — Ilk sheʼrlarimni botinkamning ichiga yashirib yurganman. Keyinchalik ammam — ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi ishtiyoqimni payqab qolgan. Shu tariqa ijodga qadam qoʻyganman. Men yozolmay qolishdan qoʻrqmayman, buni allaqachon boʻynimga olib boʻlganman.
Uchrashuv soʻnggida Xurshid Davron maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi. Shuningdek, muallifligidagi kitoblarga dastxat yozib, yoshlarga oq fotiha tiladi.
Shuningdek, shoir 6-sinf oʻquvchilariga adabiyot fanidan dars oʻtib, ularga Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov hamda oʻzining sheʼrlaridagi Vatan mavzusiga toʻxtaldi. Oʻzbekiston tarixi, buguni, yoshlarning oʻy-xayollari haqida fikr bildirdi. Oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring