Ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zoʻrlab kelgan erkak qoʻlga olindi

21:06 26 Iyun 2024 Jamiyat
488 0

5 nafar farzandning otasi 11 yashar qizchaning nomusiga tajovuz qilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu zoʻravonlik bloger niqobi ostidagi shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur fuqaroning qonuniy xotini boʻla turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni oʻziga ikkinchi xotin qilib olgan.

«Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zoʻrlab kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan bolaning huquqlari poymol boʻlishi oldi olindi.

Hozirda Agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy koʻmak koʻrsatilmoqda. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K rad etib boʻlmas dalillar bilan qoʻlga olingan boʻlib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Agentlik yurtimizda birorta ham voyaga yetmagan shaxs bunday holatga tushib qolmasligi uchun jamiyatimizda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabat shakllanishi yoʻlidagi saʼi harakatlarni davom ettiradi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?