Ikkinchi “Airbus —A320neo” avialaynerini qabul qilib olindi
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Hozir poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga navbatdagi yangi va iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori boʻlgan “Airbus — A320neo” havo layneri kelib qoʻndi.
Mazkur layner oʻzining yoqilgʻi tejamkorligini taʼminlovchi “CFM International” kompaniyasining “LEAP-1A” dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi qanot konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalari, shu bilan birga, simsiz internet tarmogʻiga ulanish uskunalari bilan jihozlanganligi bilan avvalgi havo laynerlardan farqlanadi. Shuningdek, u ikki klassli komponovkada ishlangan boʻlib, 150 yoʻlovchini (biznesda - 12ta, ekonom klassda - 138ta) tashishga moʻljallangan.
Samolyot salonining zamonaviy dizayni parvoz davomida yoʻlovchilarga maksimal qulaylik yaratadi. Qulay va keng oʻrindiqlar, har bir yoʻlovchi uchun moʻljallangan individual koʻngilochar dasturli monitorlar, samolyot sahnida havo sofligini saqlash hamda toʻgʻri taqsimlanishini taʼminlovchi mukammallashtirilgan konditsioner tizimi yoʻlovchilariga parvozdan oʻzgacha zavq olishni taʼminlaydi.
Aviakompaniya toʻrtta Internet-ulanish paketini taqdim etadi: bular tezkor messenjerlarni ishlatish uchun moʻljallangan “Lite” (20 Mb), ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki yangiliklar saytlariga kirish uchun “Medium” (50 Mb) , onlayn ish yoki internetga chiqish uchun qulay internet uchun “Stream” (120 Mb), mazkur xizmatning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun “Business” (220 Mb) tariflaridir. Internet tarif rejasining eng kam narxi 5,95 AQSH dollari, eng yuqori narxi esa 52,95 dollarni tashkil etadi.
Parvozdagi aloqa provayderi milliy aviakompaniyaning yangi “Airbus —A320neo” va hozir foydalanilayotgan “Boeing —787-8 Dreamliner” samolyotlari bortida “Inflight Entertainmentand Connectivity” (IFEC)ning koʻngilochar dasturlari va aloqa tizimini oʻrnatgan “Panasonic Avionics Corporation” kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu tizim yoʻlovchilarga koʻplab filmlar, musiqa, video oʻyinlar, navigatsiya tizimi va boshqalarni oʻz ichiga olgan individual HD sensorli ekranlardan foydalanib, vaqtni maroqli oʻtkazish imkonini beradi. Shuningdek, ularda bir qator telekanallarni jonli efirda tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Eslatib oʻtamiz, yangi avialaynerlar rivojlanish strategiyasi hamda MAK aviaparkini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq xarid qilingan. Joriy yilning 11 mart kuni qabul qilingan birinchi “Airbus — A320neo” samolyotidan xalqaro qatnovlarida samarali foydalanilmoqda. Yaqin kunlarda toʻrtinchi “Boeing —787-8 Dreamliner” havo kemasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Dilshod ULUGʻMURODOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring