Ikkilamchi avtomobil bozori: qaysi mashinalar narxi pastladi?

14:51 12 Dekabr 2024 Jamiyat
268 0

MHTI oʻtkazgan tahlillarga koʻra, noyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobillar oʻrtacha narxlari pasaygan.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari noyabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillarning oʻrtacha narxlarini tahlil qildi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

Noyabr oyida ikkilamchi bozorda oktyabr oyiga nisbatan:

“Onix”: oʻrtacha foydalanilgani — 4.8 foizga (14 600 dollardan 13 900 gacha), kam foydalanilgani 5,4 foizga (14 900 dollardan 14 100 gacha);

“Lacetti”: oʻrtacha foydalanilgani 1.4 foizga (14 700 dollardan 14 500 gacha), kam foydalanilgani 1,1 foizga (15 200 dollardan 15 031 gacha);

“Nexia”: oʻrtacha foydalanilgani 0.9 foizga (11 500 dollardan 11 400 gacha);

“Spark”: oʻrtacha foydalanilgani 0.8 foizga (10 485 dollardan 10 400 gacha);

“Labo”: oʻrtacha foydalanilgani 2.4 foizga (8 300 dollardan 8 100 gacha);

“Damas”: oʻrtacha foydalanilgani 0.9 foizga (8 200 dollardan 8 125 gacha), koʻp foydalanilgani 1 foizga (7 600 dollardan 7 527 gacha) arzonlagan.

Mahalliy lyuks avtomobillar

Noyabrda kam va oʻrtacha foydalanilgan “Malibu” avtomobilining oʻrtacha narxlari mos ravishda 3 foiz (30 100 dollardan 31 000 gacha) va 1,7 foizga (29 000 dollardan 29 500 gacha) oshgan boʻlsa, koʻp foydalanilgan “Equinox”ning oʻrtacha narxi 1.9 foizga (27 000 dollardan 26 500 gacha) tushdi. “Tracker” narxlarida esa oʻzgarish kuzatilmadi.

Elektromobillar

Oʻtgan oyda oʻrtacha foydalanilgan “BYD Han“ va “BYD Yuan Up” elektromobillarining oʻrtacha narxlari mos ravishda 1,6 foiz (36 500 dollardan 35 900 gacha) va 2,4 foizga (21 000 dollardan 20 500 gacha) pasaygan boʻlsa, yangi “BYD E2” elektromobili 3,1 foizga (16 700 dollardan 17 216 gacha) qimmatladi. “BYD Song Plus EV Chempion”ning narxi esa deyarli oʻzgarishsiz qoldi (yangisi — 29 000 dollar, oʻrtacha foydalanilgani — 26 600 dollar).

Xorijiy lyuks avtomobillar

“Hyundai Elantra” va “Kia Sportage” rusumli kam foydalanilgan avtomobillarning oʻrtacha narxlari mos ravishda 2,2 foiz (23 000 dollardan 22 500 gacha) va 1,5 foizga (32 500 dollardan 32 000 gacha), oʻrtacha foydalanilgani esa 1,6 foizga (“Elantra” — 22 000 dollardan 21 650 gacha va “Kia Sportage” — 31 500 dollardan 31 000 gacha) pasaydi.

Shuningdek, koʻp foydalanilgan “Kia K5” va “Kia Sportage” avtomobillari ham mos ravishda 1,2 foiz (26 300 dollardan 25 990 gacha) va 3,4 foizga (31 000 dollardan 29 950 gacha) arzonlagan boʻlsa, “Hyundai Tucson” (koʻp foydalanilgani — 25 000 dollar, kam foydalanilgani — 33 000 dollar), “Hyundai Santa FE” (koʻp foydalanilgani — 35 000 dollar, kam foydalanilgani — 45 900 dollar) rusumli avtomobillar narxida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi.

Tahlil uchun avtomobillar bosib oʻtgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga koʻra quyidagi guruhlarga ajratib olingan:

2023−2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 20 000 kilometrgacha boʻlgan avtomobillar — “kam foydalanilgan”;

2023−2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 20 000 kilometrdan 50 000 kilometrgacha boʻlgan avtomobillar, shuningdek, 2021−2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 40 000 kilometrgacha boʻlgan avtomobillar — “oʻrtacha foydalanilgan”;

2023−2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib oʻtgan masofasi 50 000 kilometrdan koʻp boʻlgan avtomobillar, 2021−2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar — “koʻp foydalanilgan”.

Avtomobil narxlarini tahlil qilishda maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali toʻplangan. Bunda 2020−2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan soʻng, oktyabr oyi uchun 16,0 mingta, noyabr oyi uchun 17,3 mingta maʼlumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер