Ikki viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahri va Qoʻshkoʻpir tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro A.I. fuqaro B.K.dan 6 ming 200 AQSH dollarini 77,7 million soʻmga, fuqarolar B.A. va M.A. fuqaro U.E.dan 4 ming 100 AQSH dollarini 51,2 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Namangan va Davlatobod tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro A.A. fuqaro I.Yu.dan 3 ming 600 AQSH dollarini 45,7 million soʻmga sotib olgan vaqtida, fuqaro A.A. 4 ming AQSH dollarini 50,8 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring