Ikki oyda O‘zbekiston Qozog‘istondan 487 ming tonna bug‘doy sotib oldi

17:02 20 Aprel 2018 Iqtisodiyot
3709 0
Foto: Kapital.kz

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qozog‘iston xorijga 167,3 million AQSh dollarilik bug‘doy eksport qilgan.   Xususan, O‘zbekistonga 487 ming, Tojikistonga 127,9 ming, Afg‘onistonga 99,1 ming, Turkiyaga 93,3 ming, Xitoyga 75,4 ming, Italiyaga 77,6 ming tonna ana shunday xom ashyo yetkazib berilgan, deb yozadi “LS”. 

Ayni chog‘da hisobot davrida Qozog‘iston 452,3 ming tonna unni chet davlatlarga chiqargan. Shundan 289 ming tonnasini Afg‘oniston, 132 ming tonnasini O‘zbekiston xarid qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?