Ikki hududda tibbiyot muassasasiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilganlar ushlandi

12:06 26 Sentyabr 2025 Jamiyat
87 0

Foto: Prokuratura departamenti

Fargʻona viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oltiariq tumani Markaziy poliklinikasi xodimasi N.R. fuqaro D.U.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda bergan va bu ishi evaziga 1,5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Nukus shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali xodimasi P.D. fuqaro N.G.ning ishonchiga kirib, uni tibbiyot muassasalarining biriga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 15 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер