Ikki hududda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tumani boʻlimi, IIB va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Gulshan” MFY hududidagi oziq-ovqat doʻkonida qonunga xilof ravishda alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.Yu. xaridor Gʻ.M.ga 2 dona alkogolli ichimlikni sotgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir xodimlari tomonidan ushbu savdo doʻkonidan tegishli kirim hujjatlari boʻlmagan turli nomdagi 1 ming 997 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Urganch tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, tumandagi “N.B.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida 55 turdagi jami 1 052 qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring