Ikki hududda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi

17:45 17 Fevral 2026 Jamiyat
339 0

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahri boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, “D.D.” AJga qarashli dorixona farmatsevti T.Z. 300 dona “Benzonal” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro U.B.ga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Karmana tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, “A.V.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi N.R. fuqaroga 13 quti “Omnadren” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 7,8 million soʻmga sotishga kelishib, shundan 2 million soʻmini fuqaro Z.X.ning bank plastik kartasiga oʻtkazib, qolgan 5,8 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер