Ikki hududda oʻzboshimchalik bilan noruda foydali qazilmalar qazib ketildi

17:30 16 Mart 2025 Jamiyat
201 0

Samarqand va Buxoro viloyatlarida noruda foydali qazilmalarni oʻzboshimchalik bilan qazib olish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda “Sh.B.” MCHJ rahbari A.X. va boshqalar “Shova” MFY hududidan oʻtuvchi soy boʻyidan noruda foydali qazilma hisoblangan qum-shagʻal aralashmasini korxona maxsus texnikalari yordamida qazib olib, MCHJ ishlab chiqarish sexiga yetkazib berayotganliklari aniqlanib, 3 dona maxsus texnikalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MCHJ masʼul shaxslari jami 35,8 ming kub hajmdagi qum-shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,9 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi va Togʻ-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Buxoro tumanidagi gips koni hududidan “S.m.”, “W.g.”, “A-G.”, “K.Z.” va “B.G.” MCHJ masʼul shaxslari jami 33,5 ming kub hajmdagi gips toshlarini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,4 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер