Ikki dzyudochimiz chexiyalik jarroh yordamida operatsiya qilindi
Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzod dzyudochilar Suhrob Rajabov va Rinata Ilmatova jarohat sabab musobaqalarda ishtirok eta olmayotgandi.
Shifokorlar har ikki dzyudochimizga tizza boʻgʻimining oldingi ikssimon bogʻlami shikastlanishi tashxisini qoʻyishgan edi.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, kuni kecha chexiyalik malakali xirurg Yuriy Luboyatski dzyudochilarimizda jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazdi.
Bundan tashqari, toʻrt kun davomida boshqa sport turi vakillarining jarrohlik amaliyoti ham oʻtkazildi. Operatsiyalarda terma jamoamiz shifokori Aziz Qayumov ham bevosita ishtirok etdi.
Kecha Yuriy Luboyatski Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida mehmon boʻldi. Unda federatsiya bosh kotibi Ulugʻbek Kabulov chexiyalik mutaxassisga MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilovning tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring