Ikki bokschimiz Rossiyada kamar uchun jang qiladi

6-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida “RCC Boxing” promouterlik kompaniyasining navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi. Oqshom doirasida toʻrt nafar oʻzbekistonlik tajribali bokschilar ringga koʻtarilishadi.
Aytish kerakki, ularning ikki nafari oʻz vaznlarida “IBF Intercontinental” kamarlari uchun jang qilishadi.
Maʼlum boʻlishicha, ikkinchi eng yengil vaznda “IBF Intercontinental” kamari uchun kechadigan jang buxorolik Muhammad Shexov (14-0-1) Osiyoning kuchli charm qoʻlqop ustalaridan biri Zong Liu (Xitoy, 19-1-0) bilan toʻqnash keladi.
Bundan tashqari, ikkinchi oʻrta vaznda “IBF Intercontinental” kamari uchun yana bir isteʼdodli bokschimiz Ulugʻbek Sobirov (14-3-0) Rossiya vakili Pavel Silyaginga qarshi ringga chiqadi.
Shuningdek, birinchi yarim oʻrta vaznda Jahongir Rasulov (7-0-1) rossiyalik Ivan Kozlovskiy (9-0-0) ga qarshi, oʻrta vaznda Bahromjon Fozilov (10-3-3) Jambulat Bijamovga qarshi ringga koʻtariladi.
Avvalroq, Isroil Madrimov “The Ring” reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring