Iftorlikda nega aynan xurmo bilan ogʻiz ochiladi?

17:58 18 Aprel 2021 Jamiyat
2447 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ogʻiz ochish uchun nima sababdan xurmo isteʼmol qilinishi haqida maʼlumot berdi.

“Shoh Valiyulloh Dehlaviy «Hujjatullohil baligʻo” kitoblarining “Roʻza hukmlari” bobida bir hadisni keltiradilar:

“Paygʻambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar sizlardan birortangiz ogʻiz ochadigan boʻlsa, xurmo bilan ogʻiz ochsin. Albatta u barakadir. Agar uni topa olmasa, suv bilan iftorlik qilsin. Chunki u poklovchidir”. (Ahmad, Dorimiy rivoyati)

Aytamanki, insonning tabiati shirinlikni yoqtiradi, ayniqsa ochlikdan soʻng. Jigar ham shirinlikni xushlaydi. Arablarning ham tabiati xurmoga moil. Xurmo munosib vaqtda tanovul qilingani uchun, baraka olib keladi». (iqtibos tugadi)

Nabiy sollallohu alayhi vasallam buyurgan har bir ishlarida hikmat va foyda mujassamdir. Ushbu iftorlikda xurmo tanavul qilish hadisi ham juda koʻplab foydani oʻz ichiga oladi. Ayniqsa, tibbiy jihatdan!

- Ogʻiz ochish paytida qorin ochqab, badan koʻp taom istab turgan holatda xurmo birinchi boʻlib oshqozonga yetib borsa, miyaga toʻqlik hissini joʻnatadi. Natijada holsizlanib turgan oshqozonga yengil va tez hazm boʻluvchi meva joylashadi.

- Vitamin A, B-1,2,3,5,6,9, C, D, K, Kalsiy, temir, fosfor, ruh, natriy va marganes singari kompleks elementlarni oʻzida mujassam qilgan.

- Xurmodagi kaliy miqdorining yuqoriligi bois asab tizimi oʻziga keladi.

- Ochlikning soʻnggi soatlarida qonda qand miqdori koʻtariladi. Natijada holsizlik, dangasalik, diqqatni jamlay olmaslik kabi holatlar avj oladi. Xurmo esa qondagi qand miqdorini pasaytiradi.

- Cheksiz quvvat manbai boʻlib, kun davomidagi charchoqdan forigʻ etadi.

- Tarkibida koʻplab foydali elementlar va vitaminlar sabab, saraton kasalligini bartaraf etadi.

- Jigar faoliyatini yaxshilaydi.

- Oʻzi shira, glyukoza va saxarozaga boy boʻlsada, qand miqdorini koʻtarmaydi. Aksincha, tushiradi. Bir kunda toʻrt donadan isteʼmol qilish tasvsiya qilinadi. Ortiqchasi koʻplik qiladi.

- Oʻpka ishlashini yaxshilaydi.

- Anemiya va gipertoniyada juda foydali.

- Immunitetni koʻtaradi.

- Yurak faoliyatini rivojlantiradi.

- Yuzdagi nerv tolalari shol boʻlishidan saqlaydi.

- 1 donasi taxminan 23 koloriyaga ega.

- Ozishni istaganlar shirinlik sifatida tanovul qilsalar boʻladi.

- Kislota balansini ushlab turadi.

- Homilador va emizikli ayollarga eng yaxshi ozuqa manbai hisoblanadi.

- Stress va taranglikni kamaytiradi.

Shu va shunga oʻxshash foydali jihatlarni oʻzida mujassam etgan xurmo mevasi yoshu qariga birday mos keladi. Faqat uni ham meʼyorida isteʼmol qilish zarur», deyiladi idora maʼlumotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер