Idrok bilan aql charxlanadi

09:34 16 Dekabr 2021 Jamiyat
742 0

Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum oʻquvchi yoshlari oʻrtasida joriy yil noyabr-dekabr oylarida “Idrok” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Mazkur intellektual oʻyinni oʻtkazishdan maqsad – yuridik texnikum yoshlarini intellektual salohiyatini oshirish, ularga oʻz iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, oʻz kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuygʻularini yuksaltirishdan iborat.

Intellektual oʻyin respublikadagi barcha Yuridik texnikumlarning oʻquvchilari oʻrtasida Yuridik texnikum va Respublika miqyosidan iborat boʻlgan bosqichlarda oʻtkaziladi.

2021-yil 12-13-dekabr kuni intellektual oʻyinning respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Respublika bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Yuridik texnikumlarda gʻolib boʻlgan 14 ta jamoa ishtirok etishdi.

Intellektual oʻyin davomida oʻquvchi-yoshlar qonunchilikka taklif shaklida tayyorlagan taqdimotlari hamda umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Natijalarga koʻra:

1-oʻringa – Navoiy viloyati yoshlari;

2-oʻringa – Fargʻona viloyati yoshlari;

3-oʻringa – Andijon viloyati yoshlari loyiq deb topildi.

Gʻoliblarga sertifikat, kubok va tanlov nomi yozilgan statuyetka topshiriladi.

Shuningdek, “eng ahil jamoa”, “eng bilimdon ishtirokchi” va “eng tezkor ishtirokchi” boʻlgan jamoa va ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер