Idoralar rahbarlariga yil yakuniga qadar Yevropaga eksport qiluvchi korxonalar sonini 2 mingtaga koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi
Foto: president.uz
Prezident huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda quritilgan mevani eksport qilish uchun 27 xil turdagi tahlil qilinadigan laboratoriya talab etilishi, lekin birorta ham bunday laboratoriya yoʻqligi, toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib kirish uchun zarur boʻlgan 61 ta laboratoriya tahlilining 16 tasi bizda yoʻlga qoʻyilmagani tanqid qilindi.
Eng muhimi, tadbirkor bu muammolardan mahsulotini Yevropaga olib borgandan keyin xabar topyapti. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tadbirkorlar bilan ishlash, oʻqitish, muloqotni yoʻlga qoʻymagani koʻrsatib oʻtildi.
Shu munosabat bilan ushbu idoralar rahbarlari oldiga 20 mingta ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan ishlab, yil yakuniga qadar Yevropaga eksport qiluvchi korxonalar sonini 2 mingtaga koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi.
Ularga bir oy muddatda qaysi standartni joriy qilish, qaysi laboratoriyani yangilash boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring