Ichki yoʻllar yangilanib, chekka hududlarda infratuzilma yaxshilanmoqda
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholining farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda hududlarning infratuzilmasi yanada rivojlantirishga qaratilgan “Zarbdor tajribasi” asosidagi loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu doirada Qoʻshrabot tumanining Pangat mahallasida aholiga va tashrif buyuruvchi sayyohlarga yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qismoq qishlogʻiga olib boruvchi yoʻlning 3 kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan boʻlib, ayni kunlarda asfalt qoplamasi yotqizilish ishlari yakunlandi.

Mazkur yoʻlning yangilanishi mahalliy aholining harakatlanishini ancha yengillashtirib, hududning turistik jozibadorligi va iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.
Bundan tashqari aholi tashabbusi va fuqarolar ovozi bilan ilgari surilgan loyihalar asosida Narpay tumanida Open byudjet – 2025-yil 2-mavsumi doirasida ichki yoʻllarni asfaltlashtirish va taʼmirlash ishlari ham izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanning Obihayot mahallasidagi ichki koʻchalar toʻliq asfaltlashtirildi. Loyiha qiymati 1 milliard 385 million soʻmni tashkil etgan va umumiy uzunligi 3084 metr boʻlgan ushbu yoʻllar zamonaviy talablar asosida foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, tumanning Tortuvli mahallasidagi ichki koʻchalarda ham keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 1 milliard 307 million soʻm mablagʻ evaziga 3,6 kilometr ichki yoʻllar asfaltlashtirilib, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.

Mazkur ishlar nafaqat yoʻllarni, balki chekka hududlardagi mahallalarning infratuzilmasi yanada yaxshilash barobarida hududlarning bugungi qiyofasini ham tubdan oʻzgartirishga xizmat qilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring