Ichki ishlar organlarida xodimlarining ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi
Foto: Arxiv surat
Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida ijtimoiy himoya qilish faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi 55-son buyrugʻi imzolandi.
Unga qoʻra, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish faoliyatida byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish maqsadida quyidagi amaliyot joriy etiladi:
— xodimlar va ularning oila aʼzolariga ijtimoiy himoya qilish borasidagi xizmatlar “Yagona darcha” tamoyili asosida ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha markaziy hamda hududiy komissiyalar tomonidan koʻrsatiladi;
— MMIvaKBTD hamda uning hududiy boʻlinmalari ijtimoiy himoya qilish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va uning yagona tizim asosida muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
— ijtimoiy himoya qilish borasidagi murojaatlar anʼanaviy tarzda hamda Vazirlikning “E-ijtimoiy-himoya.iiv.uz” yagona interaktiv xizmatlar portali orqali elektron tarzda qabul qilinadi va oshkora elektron navbat yuritiladi;
— ijtimoiy himoya qilish faoliyatini boshqacha tarzda amalga oshirishga, shu jumladan bu boradagi murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik va byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring