Ichki ishlar faoliyati bo‘yicha kompleks inspektorlik tekshiruvi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining Farmoyishi bilan hududlarda kriminogen vaziyatni to‘liq qamrovli tahlil qilish, ichki ishlar organlari faoliyatini samaradorligini baholash, amaliy yordam ko‘rsatish hamda ish natijadorligini oshirish yuzasidan joriy yilning 9-20-mart kunlari Qashqadaryo viloyatida kompleks inspektorlik tekshiruvi o‘tkazildi.
Viloyatdagi o‘rganishlarda 2024-yil va joriy yilning hisobot davrida viloyat hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘linmalarining faoliyati, mavjud kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ijro hamda xizmat intizomiga rioya etilishi ahvoli kompleks tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tadbir davomida Ichki ishlar vaziri tomonidan respublika ishchi guruhi va mas’ullar ishtirokida viloyatning Qarshi shahar, Qarshi, Koson, Muborak va Ko‘kdala tumanlarida Davlat rahbarining joriy yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qarorining ijrosi hamda sohaga oid topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ichki ishlar bo‘linmalarining ma’muriy binolarini ahvoli va texnik ta’minoti, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jinoyatchilikni oldini olini borasidagi tadbirlarning samaradorligi, boshqa mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi, aholini murojaatlari bilan ishlash tizimi va sohaga oid boshqa masalalar tanqidiy o‘rganilib, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralariga jiddiy e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ushbu hududlarda Navro‘z ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari va xalq sayillarida qatnashib, aholi xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash ishlari bilan tanishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring